O'zbek tilida
Python dasturlash tilida funksiya def
maxsus so’zi yordamida ifodalanadi. def maxsus so’zi funksiya yaratilayotganligini ifodalaydi va def dan so’ng funksiyaning nomi
beriladi. Funksiyaning nomidan so’ng ()
(qavs) ochib yopiladi va :
(ikki nuqta) qo’yish orqali funksiyani ifodalash yakunlanadi. Ikki nuqtadan keyingi kodning blok qismi funksiyaning tana
si hisoblanadi va qachonki funksiyaga murojat qilinganda funksiya tanasi ishga tushadi. Funksiya yaratilish davomida qavslar bo’sh bolishi mumkin (quyidagi 1-misol kabi) yoki funksiyaning qavslari ichiga parameterlar ham olishi mumkin (quyidagi 2-misol kabi). Bu haqida keyingi qismlarda to’liqroq ma’lumot beriladi.
def func():
language = 'python'
print(f'I love {language.title()}!')
def func(language):
print(f'I love {language.title()}!')
Yaratilgan funksiyaga muroajaat shu funksiyaning nomi va qavslarni yozish orqali amalga oshiriladi. Qachonki siz bu funksiyadan foydalanishni istaganingizda bu funksiyani chaqirasiz va Python bu funksiyaning tanasini ishga tushiradi.
func()
>>> I love PYTHON!
Yuqorida funksiyani chaqirdik va chaqirilgan funksiya o’z tanasini ishga tushirish orqali 'I love Python!' degan matnni chop etdi.
Qavslar orasida ma’lumot qabul qiluvchi funksiyaga esa quydagicha murojaat qilinadi.
language = "python"
func(language)
>>> I love PYTHON!
Funksiya qavslari orasidagi language o’zgaruvchisi orqali qiymat qabul qilda va shu qiymatni o’z tanasida qayta ishlab 'I love PYTHON!.' deb chop qildi. 'language’ o’zgaruvchisiga biror bir qiymatni berish orqali istagan boshqa so’zni funksiyaga uzatishimiz va shu so’zni fuksiya yordamida chop qilishimiz mumkin.
language = "c++"
func(language)
>>> I love C++!
Funksiyaga istaganingizcha murajaat qilishingiz mumkin. Aytaylik siz matn chop qiladigan funksiya yaratdingiz. Va bu funksiyani ketma ket 3 marta chaqiramiz. Va har safar funksiyani chaqirganimizda funksiyamizning tanasi ishga tushadi va ‘I love PYTHON’ matnini ketma ket 3 marta chop qiladi.
def func():
print('I love PYTHON!')
func()
func()
func()
I love PYTHON!
I love PYTHON!
I love PYTHON!
Funksiyani istagan vaqtda murojaat qilish ko’plab qulayliklarni beradi. Siz funksiyani kodning biror qismida yaratib qo’yasiz. Faqa qachonki bu funksiyaga ihtiyoj sezsangiz uni chaqirasiz va Python funksiyaning tana qismidagi kod blokni ishga tushiradi.
def func():
"""Bu funksiya shunchaki oddiy textni chop qiladi"""
print("I love PYTHON")
Yuqoridagi misolda funksiyaning tanasi bir qator matn bilan boshlanmoqda. Bu matn docstring deb nomlanadi va bu matn funksiya nima ish bajarishi haqida ma’lumot beradi. Docstringlar uch juft qo’shtirnoqlar orasiga olingan bo’lishi kerak. Python hujjatlashni yaratganda aynan shu docstringlarni qidiradi.
Topshiriq-1: display_message() degan funksiya yarating va bu funksiyangiz siz python dasturlash tilini o’rganayotganingiz haqida xabar chiqarsin. Funksiyani ishga tushiring va funksiyangiz to’g’ri ishlayotganiga ishonch hosil qiling.
Topshiriq-2: favorite_language() degan funksiya yarating va u o’zida language_name degan parameterni qabul qilsin. Funksiyangiz ‘Mening sevimli kitobim PYTHON’ yoki ‘Mening sevimli kitobim C++’ kabi xabarlarni chiqarsin. Funksiyangizni chaqiring va to’g’ri ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Funksiyani chaqirganingizda ‘python’ yoki ‘c++’ kabi argumentlarni funksiyaga berishni unutmang.