Python dasturlash tili

O'zbek tilida

Qiymatmarni qaytarish (Return Values)

TOPSHIRIQ:

Topshiriq 6: city_country() degan funksiya yarating. U city va country degan parameterlarga ega bo’lsin. Funksiyangiz tanasida quydagicha formatda xabarni print (chop) qilsin:

Tashkent is in Uzbekistan

Topshiriq 7: Topshiriq 6 dagi city_country() funksiyaga o’zgartirish kiriting. Ya’ni city va country parameterlar string typeda(turda) bo’lishini aniq ko’rsating. Funksiyangizni qayta chaqiring

Topshiriq 8: Topshiriq 7dagi city_country() funksiyaga o’zgartirish kiriting. Funksiyangiz xabarni tanasida chop etmasin (print qilmasin). Aksincha funksiyangiz string turli xabarni return qilsin (qaytarsin)

Topshiriq 9: Topshiriq 8 dagi city_country() funksiyaga o’zgartirish kiriting. Funksiyangiz string type (tur)ni qaytarishini aniq belgilab keting.

Topshiriq 10: Musiqa albomini tariflaydigan make_album() nomli funksiya yarating. Funksiya artistning ismini va albom nomini ifodalovchi name and title argumentlarga ega bo’lsin. Bu funksiyangiz shu ikki ma’lumotga ega dictionary ma’lumot qaytarsin. Bu funksiyadan foydalanib turli albomlarni tasvirlaydigan kamida 3ta dictionary yarating. Funksiyadan qaytgan har bir qiymatni print (chop) qiling va natija tug’ri ekanligiga ishonch hosil qiling.

make_album() funksiyasiga albomdagi qo’shiqlar sonini saqlash imkonini beruvchi default parametr number_songsni qo’shing va uning qiymatini None deb belgilang. Agar funksiyani chaqirayotganingizda number_songs biror qiymatga ega bo’lsa uni dictionaryga qo’shing. Kamida bir marta bo’lsa ham qo’shiqlar soniga qiymat bergan holda funksiyani chaqirib ko’ring.

Topshiriq 11: Topshiriq 10ni davom ettiring.

Foydalanuvchi artistning ismi va albom nomini keyboard yordamida kiriting. Keyboard yordamida kiritilgan argumentlarni make_album() funksiya uzating va dictionary natijani oling. Bu jarayonni takrorlash uchun bu amallarni while look ichida amalga oshiring.