O'zbek tilida
O’zgaruvchi (variable
) bu ma’lum bir ma’lumot turi(data type
)ga mansub bo’lgan va biror bir qiymatga ega bo’lgan ma’lumotni saqlash uchun kompyuter xotirasida ajratilgan joyga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, python dasturida o’zgaruvchi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ma’lumotning qiymati va turiga qarab kompyuter xotirasidan ma’lum bir kattalikda joy ajratadi va bu ma’lumotlarni o’sha joyda saqlaydi. Dastur ishlash davomida bu ajratilgan joylarda saqlanayotgan o’zgaruvchining qiymati o’zgarishi mumkin. Umuman olganda o’zgaruvchini ma’lumotlaringizni saqlaydigan maxsus quti deb tushinsangiz bo’ladi. Va bu qutini nima bilan to’ldirish yoki umuman bo’sh saqlash bu sizning qo’lingizda.
O’zgaruvchi o’z nomi(name
) va qiymat(value
)iga ega bo’ladi. O’zgaruvchilarni nomlash qonun-qoidalari va ularni qiymatlari to’g’risida birozdan keyin to’liq ma’lumotga ega bo’lasiz.
Python dasturlash tilida xar bir o’zgaruvchi ma’lum tur(data type
)ga ega bo’ladi. Bu ma’lumot turlari Integer
, String
, Float
, List
, Tuple
, Set
, Dictionary
va hakozo ma’lumot turlari bo’lishi mumkin. O’zgaruvchining ma’lumot turi huddi yuqoridagi misol kabi quti nima bilan to’ldirilganiga qarab uning qanaqa turdagi quti ekanligi ma’lum bo’ladi. Agar qutini olma bilan to’ldirsangiz demak bu quti o’zida olmani saqlovchi qutiga aylanadi. Agar qutini olmadan bo’shatib suv bilan to’ldirsangiz o’zida suv saqlovchi qutiga aylanadi. Ma’lumot turlari haqida keyingi darslarda bilib olasiz.
O’zgaruvchilarni e’lon qilish uning nomi va qiymatini belgilash orqali amalga oshiriladi
number = 100
print(number)
# 100
Bu yerda biz bir o’zgaruvchi yaratdek. Bu o’zgaruvchimizning nomini number deb nomladek va uning qiymatini 100 soni qilib belgiladek. print funksiyasi yordamida o’zgaruvchimizni chop qilib tekshirib ko’ramiz va natijada uning qiymati 100ga teng ekaniga ishonch hosil qilamiz. Bu o’zgaruvchimizning qiymati butun songa teglashtirganimiz uchun uning ma’lumot tur(data type
)i integer
bo’ladi. Bu haqda keyingi darslarda bilib olasiz.
name = 'Akbar'
print(name)
# Akbar
Bu yerda biz Akbar degan ismni o’zida saqlovchi o’zgaruvchi yaratdek. Bu o’zgaruvchimizning nomini name deb belgiladek va uning qiymatini Akbar ismiga yani xarf va belgilardan iborat bo’lgan so’zga tenglashtirdek. print funksiyasi yordamida o’zgaruvchimizni chop qilib ko’ramiz va uning qiymati Akbarga teng ekaniga ishonch hosil qilamiz. Bu o’zgaruvchimizning qiymati xarf va belgilardan tuzilgan so’zga teglashtirganimiz sababli uning ma’lumot turi string
bo’ladi. Bu haqda keyingi darslarda bilib olasiz.
Bir nechta o’zgaruvchini bir vaqtning o’zida bir qatorda e’lon qilishimiz va ularning qiymatlarni o’zlashtirishimiz mumkin.
x, y, z = 3, 10, 3.10
print(x, y, z)
# 3 10 3.1
python, cpp, dart = 'Python', 'C++', 'Dart'
print(python, cpp, dart)
# Python C++ Dart
language, version = "Python", 3.10
print(language, version)
# Python 3.1
O’zgaruvchilarni nomlash python dasturlash tilining ma’lum qonun-qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Bu qoidalarga amal qilmaslik dasturda xatolik(error
)larga olib keladi.
age = 20
name = 'Akbar'
age1 = 20
name1 = 'Akbar'
age_1 = 20
name_1 = 'Akbar'
age_1 = 20
_name = 'Akbar'
1_age = 20 # mumkin emas
student_name = 'Akbar' # mumkin
student name = 'Akbar' # mumin emas
a-g-e = 20
*age = 20
age* = 20
age_* = 20
import = 'Akbar' # mumkin emas
pass = 'Akbar' # mumkin emas
continue = 'Akbar' # mumkin emas
break = 'Akbar' # mumkin emas
n = 'Akbar'
name = 'Akbar' #
name = 'Akbar'
print(Name)
# NameError: name 'Name' is not defined
numbers = 100
print(number)
# NameError: name 'number' is not defined
number = 100
print(number)
# 100
number = 10
print(number)
Yuqorida number degan o’zgaruvchi yaratdek va uning qiymatini 100 soni deb belgiladek. Va keyinchalik uning qiymatini 10 soniga o’zgartirdek.
Agar o’zgaruvchining qiymatini o’zgaruvchi ega bo’lgan bir xil ma’lumot to’riga o’zgartirsak unda faqat o’zgaruvchining qiymatini o’zgartirgan bo’lamiz. Yani yuqorida 100 sonini 10ga o’zgartirganimizdeb. Bunda o’zgaruvchining ma’lumot turi o’zgarmaydi.
number = 100
print(number)
# 100
number = 'hundred'
print(number)
# numdred
Yuqorida number degan o’zgaruvchi yaratdek va uning qiymatini 100 soni deb belgiladek. Va keyinchalik uning qiymatini hundred so’ziga almashtirish orqali o’zgaruvchini qayta e’lon qildek (yaratdek). Bunda o’zgaruvching qiymatini 100 sonidan hundred so’ziga o’zgartirdek. Bunda o’zgaruvching qiymati bilan birga uning ma’lumot tur(data type
)i ham o’zgaradi. Bu jarayonda o’zgaruvchini qayta e’lon qildek deb tushinsak bo’ladi.
del
buyrug’i yordamida o’zgaruvchini o’chirish mumkin
name = 'Akbar'
print(name)
# Akbar
del name
print(name)
# in <module>
# print(name)
# NameError: name 'name' is not defined
Yuqorida name degan o’zgaruvchi yaratdek. Uni qiymatini print buyrug’i yordami chop qilib ko’rdek. del del buyrug’i yordamida bu o’zgaruvchini o’chirdek va yana bir bor print buyrug’i yordamida tekshirib ko’rganimizda bu name deb nomlangan o’zgaruvchi yaratilmagani haqidagi xotolik xabar(NameError)ini oldek.