O'zbek tilida
Funksiya bu ma’lum bir vazifani bajaruvchi va o’z nomiga ega bo’lgan maxsus blokka olingan kodga aytiladi. Funksiya yordamida dasturda tez-tez takrorlanuvchi bir xil vazifani bajaruvchi kodlarni qayta-qayta yozishning oldini olish mumkin. Yani biror vazifani bajaruvchi kod yozishga to’g’ri kelganda shu vazifani bajaruvchi funksiyani chaqirish kifoya. Buning uchun dasturning biror qismida funksiya yaratiladi va shu funksiyaga ihtiyoj tug’ilganda uni chaqirib bajarilishi kerak bo’lgan vazifa unga yuklanadi. Shunda Python funksyaning ichidagi kodni ishga tushiradi. Funksya kodingizni yozishda, o’qishda, test qilib ko’rishda va tuzatish kiritishda sizga ancha qulayliklar yaratadi.